Hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan mahsulotlar

  • 25 yanvar 2020, 13:53
  • 2 388
  • Hayot tarzi
  • Hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan mahsulotlar
    Ushbu 7 mahsulot prebiotik hisoblanadi. Ular ichak mikroflorasini yaxshilab, qulay ovqat hazm qilishga yordam beradi va uzoq muddatli natijaga ega. Demak, nimalar salomatlik mahsulotlari ekan?

    Grek yong‘og‘i
    Ular nordon sut bakteriyalari o‘sishini rivojlantirib, patogen mikroflorani o‘ldiradi. Agar kuniga yarim finjon yong‘oq iste’mol qilinsa, yo‘g‘on ichakni tuzatadigan yog‘ kislotalari miqdori ortadi.

    Qora shokolad
    Agar shokolad tarkibidagi kakao 70 foizdan yuqori bo‘lsa, bilingki, bu haqiqiy foyda. Mahsulot ichak salomatligiga javob beradigan foydali bakteriyalar sonini oshiradi.

    Piyozning har qanday turi
    Bu sabzavotni hamma ham yaxshi ko‘rmaydi. Ularni yil bo‘yi topish mumkin. Piyozning har qanday turi inulin manbai sanaladi.

    Suli
    G‘aroyib mahsulot. Axir bejiz tongni sulidan boshlash – yaxshi odat deyishmaydi. Unda ingichka ichak hazm qila olmaydigan chidamli kraxmal mavjud. Biroq yo‘g‘on ichakka tushganida u fermentlashadi va organ faoliyatini yaxshilaydi. Yana bunday bo‘tqa onkologik kasalliklar rivojlanishining oldini oladi.

    Qizil yasmiq
    Bu ham chidamli kraxmal manbaidir. Yormani tayyorlash oson va tez – bor-yo‘g‘i 15daqiqa talab etiladi.

    Jo‘xori
    Bu sabzavot ham avvalgilari kabi aynan shunday kraxmalga ega. To‘g‘ri, bir maslahat bor: jo‘xorini qaynoq holda iste’mol qilmagan ma’qul. Sovigani esa o‘zida ko‘proq foydali moddalarni saqlaydi.

    Olma
    Bu mahsulot borasida aytiladigan narsaning o‘zi ham yo‘q. Uning tarkibida ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan pektin moddasi mavjud.
    Manba: Sof.uz

    » » Hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan mahsulotlar