Markaziy bank: Dollar va yevroning rasmiy kursi yana oshdi

  • 27-11-2017, 23:05
  • 1 656
  • Iqtisodiyot
  • Markaziy bank: Dollar va yevroning rasmiy kursi yana oshdi
    Bugun, 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 28 noyabr sanasidan amalda qo‘llaniladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kursini e’lon qildi.

    Unga ko‘ra:
    1 AQSh dollari qiymati o‘tgan haftadagidan 10,77 so‘mga oshib, kurs 8095 so‘m 88 tiyin etib belgilandi;
    1 yevro 9653 so‘m 53 tiyin, avvalgi ko‘rsatkichdan 166,46 so‘mga ko‘tarilgan.

    Ma’lumot uchun, Markaziy bank mazkur valyutalarni o‘rnatilgan qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

    » » Markaziy bank: Dollar va yevroning rasmiy kursi yana oshdi