Tallin – Riga yo‘nalishida qatnovchi avtobusdagi ayol yo‘lovchilardan biri mast holatda transport vositasini haydayotgani uchun hibsga olingan haydovchining o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 26 noyabrda Tartu – Pyarnu – Ikla trassasida yuz bergan. Polisiyada Latviya chegarasi tomon kelayotgan va keskin tormozlanib, avariyaviy holatlar vujudga keltirayotgan avtobus shubha uyg‘otgan.
Polisiyachilar avtobusni to‘xtatganlarida uning haydovchisi mast ekanini aniqlashgan va uni mashinani haydashdan chetlatishgan. Shunda yo‘lovchilardan biri, Triyn Kibur ismli ayol avtobusni haydashda yordam berishi mumkinligini aytgan. Ayolda avtobusni haydashga ruxsat beruvchi D toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.
Polisiyachilar bunga qarshilik qilishmagan va ayol yo‘lovchilarni Latviya chegarasigacha eson-omon etkazib qo‘ygan. Biroq chegarada yo‘lovchilar baribir boshqa avtobusni bir necha soat kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda avtobusga egalik qiluvchi kompaniya norozi yo‘lovchilardan ko‘plab tanbeh eshitgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi