O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilinadi

  • 06 yanvar 2017, 13:03
  • 7 081
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilinadi

    Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar, onalar va bolalar salomatligi malasiga to‘xtalgan davlat rahbari, bu sohada kamchiliklar ham etarli ekanini ta’kidladi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar salomatligi masalasiga alohida to‘xtalar ekan, faqat ayollar uchun xizmat ko‘rsatadigan poliklinikalar tashkil etish bugungi zamon talabi ekanini aytib o‘tdi.

    “Ayollarimiz iboli, hayoli. Ba’zi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilishimiz kerak. Toki ular borib o‘zini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog‘lom dunyoga keltirish ko‘p jihatdan ayollarimizning salomatligiga bog‘liq”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar malasida so‘z yuritar ekan, tibbiyot xodimlarining jamiyat hyotida tutgan o‘rni haqida ham gapirib o‘tdi:

    “Sog‘liqni saqlash sohasi haqida gapirganda bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilinadi