13:57 / 17.01.2017
7 047

Sukerberg ikki hafta ichida 5 milliard dollarga boyidi

Sukerberg ikki hafta ichida 5 milliard dollarga boyidi

Mark Sukerbergning boyligi 2017 yilning birinchi ikki haftasida 5 milliard dollarga ko‘paydi. Bu Forbes ro‘yxatidagi milliarderlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi, deb xabar qildi Kun.uz sayti.

Nashrning ta’kidlashicha, Facebook asoschisi bu mablag‘lar bilan Donald Trampning AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng, yo‘qotgan pullari o‘rnini to‘la qoplab oldi.

Sukerberg daromadi Facebook aksiyalari qiymatining jiddiy oshishi tufayli ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, Sukerberg kompaniyaning 410 million aksiyasidan iborat paketga egalik qiladi. Uning davlati ayni damda 53,8 milliard dollarni tashkil etmoqda. U Forbes ro‘yxatida Bill Geyts, Uorren Baffett, Jeff Bezos va Amansio Ortegadan so‘ng beshinchi o‘rinda qayd etilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sukerberg ikki hafta ichida 5 milliard dollarga boyidi