13:52 / 04.02.2017
6 153

Qatar Airways eng uzoq davom etadigan birinchi reysni amalga oshirmoqchi

Qatar Airways eng uzoq davom etadigan birinchi reysni amalga oshirmoqchi

Qatar Airways aviakompaniyasi samolyoti eng uzoq vaqt davom etadigan parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Havo kemasi uning davomida o‘nta turli soat poyaslaridan kesib o‘tadi. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Doha shahri aeroportidan 5 fevral 5:10da parvozga chiqadi hamda Yangi Zelandiyaning Okland shahrida dushanba kuni 07:30da qo‘nadi. Parvoz vaqti “atigi” 16 soat-u 20 daqiqani tashkil etadi, biroq soat poyaslarining o‘zgarishi tufayli bir yarim kunga cho‘ziladi.

Xabar qilinishicha, 2018 yilda Qatar Airways’ning rekordi Singapur aviayo‘nalishlari tomonidan yangilanadi – ular Singapur-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirishmoqchi. Bunga qadar Dubaydan Oklandgacha bo‘lgan reys eng uzoq davom etuvchi, deb hisoblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qatar Airways eng uzoq davom etadigan birinchi reysni amalga oshirmoqchi