15:43 / 03.04.2017
6 623

Xitoyda jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi

Xitoyda jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Shensi viloyatida ichida 23 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus jarlikka tushib ketdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar inson jarohat oldi. Bu haqda "Sinmin van" saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Hodisa Xanchjun shahar okrugining Sisyan uezdida yakshanba kuni kechki payt yuz berdi. Avtobusda 23 nafar yo‘lovchidan tashqari ikki nafar haydovchi ham bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida bir nafar bola ham bor, uch inson og‘ir tan jarohatlarini olgan. Har ikki haydovchi esa jiddiy jabrlanmadi.

Ta’kidlanishicha, avtobusda asosan muhojir-ishchilar bo‘lgan.

Ayni damda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi