21:00 / 06.04.2017
8 038

Toshkentda to‘pponcha va miltiq olib kirishga uringanlar ushlandi

Toshkentda to‘pponcha va miltiq olib kirishga uringanlar ushlandi
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mart oyida 137 ta holat aniqlangan va jami 2 kilodan ortiq giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berildi. Hafta davomida esa 22 ta holat aniqlanib, 37 gramm marixuana, 4 gramm gashish giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida mart oyi davomida qidiruvdagi 14 nafar shaxs ushlangan, 4 ta hujjatni qalbakilashtirish jinoyati aniqlangan, 2 ta pnevmatik to‘pponcha, 1 ta pnevmatik miltiq va 1 ta taqiqlangan diniy adabiyotlar olib kirilishi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda to‘pponcha va miltiq olib kirishga uringanlar ushlandi