O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 aprel kuni Samarqand shahrida Temiryo‘l vokzali – Sartepa yo‘nalishi bo‘yicha tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Prezident "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yo‘l vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi.
Ikki tomonlama qatnovga mo‘ljallangan yo‘lda elektr bilan ta’minlovchi to‘rtta podstansiya va bitta depo qurildi. Temir yo‘l vokzali bilan Sartepa o‘rtasi 6,4 kilometrni tashkil etadigan yo‘nalishda 8 tramvay harakatlanadi.
Samarqand shahrida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha 20 tramvay qatnovi amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur yo‘nalishdan tashqari kelgusida Temir yo‘l vokzali – Siyob dehqon bozori, Temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Kimyo zavodigacha, Temir yo‘l vokzalidan Narpay ko‘chasi orqali Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha tramvay liniyalari ochiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi