14:05 / 05.05.2017
6 712

O‘zbekistonlik firibgar moskvalik ma’shuqalarining pul va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

O‘zbekistonlik firibgar moskvalik ma’shuqalarining pul va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi
Moskva polisiyasi shaharga O‘zbekistondan kelgan 35 yoshli firibgarni qo‘lga oldi, deb yozadi “Darakchi” nashri. Erkak o‘zi “qurbon” sifatida tanlagan ayollarga o‘zini prokuror deb tanishtirgan.

Alfons kamida o‘n nafar ayolni aldagan. Ulardan biri firibgarga, go‘yoki saraton shishini oldirib tashlash uchun qariyb yarim million rubl pulini berib yuborgan. Shuningdek, firibgar o‘z qurbonlarining biridan MacBook, iPhone, PSP, 50 ming rubl, yangi yil archasi va hatto toshbaqa solingan akvariumni ham o‘g‘irlab ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali moskvalik qizlar bilan tanishgan, o‘zini sevib qolgan va doimo band odam qilib ko‘rsatgan. Ayollarning ishonchiga kirib olgach, turli bahonalar bilan ulardan katta miqdorda pullar olgan.

Oxir-oqibat, firibgarning qurbonlari birlashib, qo‘shma tergov boshladi. Erkakni o‘g‘irlikda gumon qilib, hisbga olishdi, tergov vaqtida u uy qamog‘ida saqlanmoqda. Alfons oilali va ikki farzandli bo‘lib chiqdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatlarni sodir etishda unga rafiqasi yordam bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik firibgar moskvalik ma’shuqalarining pul va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi