Boshiga o‘q tekkan 6 yoshli bola tirik qoldi

  • 15 may 2017, 17:35
  • 7 597
  • Jamiyat
  • Boshiga o‘q tekkan 6 yoshli bola tirik qoldi
    Rossiyaning Magadan viloyatida 6 yoshli bola noxush voqea tufayli shahar shifoxonasiga etkazildi. Uning boshiga o‘q tekkan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

    U yakshanba kuni ota-onasi bilan Godninskiy tumanidagi tabiat qo‘ynida dam olishga borishgan. Bolaga pnevmatik qurol bilan jarohat etkazilgan.

    Xabarlarga ko‘ra, neyroxirurglar favqulodda operasiya o‘tkazgani natijasida bola tirik qolgan. Ahvoli qoniqarli va o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda.

    Endilikda jabrlanuvchini bolalar shifoxonasiga o‘tkazishmoqchi.

    » » Boshiga o‘q tekkan 6 yoshli bola tirik qoldi