Markaziy bank boshqaruvi kimga o‘tdi?

  • 25 may 2017, 21:05
  • 7 647
  • Jamiyat
  • Markaziy bank boshqaruvi kimga o‘tdi?
    O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov 23 may kuni 67 yoshida vafot etgan edi. Bank ustaviga muvofiq, vaqtinchalik boshqaruv birinchi o‘rinbosar Saidkamol Xo‘jaev zimmasiga o‘tgan, deb xabar berdi Qalampir.uz nashri.

    Fayzulla Mullajonov 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan edi. Mas’uliyatli lavozimda qariyb 26 yil samarali faoliyat ko‘rsatib, Fayzulla Mullajonov eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jarayonida bank-moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish, milliy valyutamizni joriy etish, oltin-valyuta zaxirasini mustahkamlash, bank sohasi uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida o‘zining yuksak tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatini namoyon etdi.

    Shuningdek, 2015 yilda AQShning “Global Finance” jurnali versiyasiga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi milliy bank boshqaruvchilari ro‘yxatiga kiritilganini alohida qayd etish kerak.

    Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jaev ayni damda vaqtincha rais lavozimida ish olib bormoqda. U 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 2003 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2016 yilda birinchi o‘rinbosar lavozimiga tayinlangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Markaziy bank boshqaruvi kimga o‘tdi?