Turkiyada mashhur aktyor qo‘lga olindi

O‘nlab reytingli seriallarda suratga tushgan va "Tun malikasi" filmi bilan mashhur bo‘lgan turk aktyori Burak Deniz politsiyaning giyohvandlikka qarshi operatsiyasi doirasida Istanbulda qo‘lga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qamoqqa olish to‘g‘risida prokuratura qarori mavjud bo‘lgan 14 kishidan 11 nafari qo‘lga olindi. Ular orasida Norm Ender taxallusi bilan tanilgan reper Ender Ero‘g‘li ham bor.
Seshanba kuni to‘qqiz nafar shou-biznes va kino namoyandasi, jumladan, "Sen tug‘ilgan uy - sening taqdiring," "Qush parvozi" seriallari bilan tanilgan aktyor Ibrohim Chelikol va mashhur pop ijrochilari Bengyu, Simge Sag‘in, Melek Mosso hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Ular giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash va tarqatishda gumon qilinmoqda.
Turkiyada, asosan Istanbulda, so‘nggi bir necha oy ichida giyohvandlikka qarshi yirik operatsiyalar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Avvalroq bir necha o‘nlab odamlar, jumladan, taniqli aktyorlar, telejurnalistlar va blogerlar hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!