date

Turkiyada kuchli sel falokati: ikki kishi halok bo‘ldi

Turkiyada kuchli sel falokati: ikki kishi halok bo‘ldi

8 aprel kuni Turkiyaning Usmoniya viloyatida yog‘gan kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqini ayanchli oqibatlarga olib keldi. Mahalliy OAV, jumladan “Sözcü” xabariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida avtomobilda bo‘lgan ikki fuqaro halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Qodirli tumanidagi Bulbul darasi kuchli yog‘ingarchilik sabab toshib, yaqin atrofdagi bir qator mahallalarni suv bosgan. Kuchli oqim ayrim avtomobillarni oqizib ketgan bo‘lsa, boshqalari to‘liq suv ostida qolgan. Ana shunday transport vositalaridan birida bo‘lgan ikki kishi qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar hayotdan ko‘z yumgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi Mahmud Fotih Serdengechti yetib borib, zarar ko‘rgan hududlarni ko‘zdan kechirdi hamda vaziyatni bevosita nazoratga oldi. Uning ta’kidlashicha, tumandagi Sog‘liqni saqlash bo‘limi va O‘qituvchilar uyi yaqinidagi avtoturargoh hududida ikki fuqaro halok bo‘lgan, avtomobil esa oqim tomonidan olib ketilgan.

Shuningdek, sel va toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha tegishli xizmatlar safarbar etilgan. Qutqaruv ishlari jarayonida 550 nafar xodim va 150 dan ortiq maxsus texnika jalb qilinib, avvalo fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, so‘ng moddiy zararni kamaytirish choralariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mutasaddilar hududda vaziyat barqarorlashguniga qadar nazorat kuchaytirilishini, aholiga esa ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etilganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada kuchli sel falokati: ikki kishi halok bo‘ldi