Zuhra Soliyeva: “Soliq to‘laydigan bo‘lsak, bizni uy va to‘y bilan ta’minlashsin”

Mashhur xonanda va aktrisa Zuhra Soliyeva ijtimoiy tarmoqlarda yangi soliq qaroriga munosabat bildirdi. U soliq majburiyatlari san’atkorlar uchun qiyinchilik tug‘dirishini aytib, ularning moddiy va turar joy bilan ta’minlanishini talab qildi.
“Men hech qayerda ishlamayman, hech qayerdan oylik olmayman. Pul topish manbayim faqat to‘ylar. To‘ylarga esa men belgilangan narxdan oshmayman, arzon variantlar ham, tekinga variantlar ham bor. Shunaqa san’atkorlarni avvalo ish bilan ta’minlashsin yoki yengillik berishsin. Endi bu qaror chiqganidan keyin, men to‘ydan soliq to‘lasam qachon uy olaman? Yana uysiz yuramanmi?” — deya shikoyat qilmoqda Soliyeva.
Xonanda san’atkorlar uchun moliyaviy barqarorlik va turar joy muammosi hal etilishini istashini ta’kidladi, chunki yangi soliq majburiyatlari ularning asosiy daromad manbai bo‘lgan to‘y xizmatlarini qiyinlashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!