00:10 / 31.05.2017
9 737

Yunusobod tumanidagi fohishaxona fosh etildi

Yunusobod tumanidagi fohishaxona fosh etildi
2017 yilning 28 may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarolar Petrov Vladimir va Nasirova Nargiza Yunusobod tumani hududida joylashgan Petrovning xonadonida fohishaxona saqlab, 75.000 so‘m pul evaziga fuqarolar “U” va “T” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berishganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanidagi fohishaxona fosh etildi