23:48 / 01.07.2017
8 954

​Toshkent shahar IIBB poytaxtda o‘ldirilgan yigit voqeasi haqida ma’lumot berdi

​Toshkent shahar IIBB poytaxtda o‘ldirilgan yigit voqeasi haqida ma’lumot berdi
Avvalroq, Toshkent shahridagi birinchi yuridik kollejining sobiq bitiruvchisi, 22 yoshli Akmal Abdurahmonov 28 iyun, chorshanba kuni kech soat 21:00 lar atrofida Yunusobod tumanidagi Markaz-4 hududida ko‘ngilsiz voqea qurboni bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Biz voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev bilan bog‘landik.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Akmal Abdurahmonov ustki kiyimlarini echib, bolalar maydonchasida mashg‘ulot olib borayotgan bo‘lgan. Hozircha gumondor bo‘lib turgan ikki mahalliy yigit (uning ism-familiyasini tergov siri sifatida oshkor etmaslikni iltimos qilishdi) unga kiyimlarini kiyishni, bu erda yoshi kattalar, ayollar borligini aytgan. Shu bilan orada janjal chiqqan. Gumondor shaxslarning biri I.O. uning boshiga zarb bilan urgach, Akmal beton erga qulagan.

Zudlik bilan etib kelgan Ichki ishlar organlari xodimlari zarur choralarni ko‘rishadi, marhum Respublika neyroxirurgiya ilmiy markaziga olib boriladi. Unga bosh miya jarohati tashxisi qo‘yiladi va o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingani uchun hayoti saqlab qolinmagan.

Ertasiga, 29 iyun kuni kechga tomon marhum Toshkent shahridagi "Minor" qabristoniga dafn etilgan.

Gumondagi shaxslar esa o‘sha kunning o‘zida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish jazosi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Toshkent shahar IIBB poytaxtda o‘ldirilgan yigit voqeasi haqida ma’lumot berdi