Andijonda avtomashinalarni tunab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

  • 07 avgust 2017, 12:08
  • 4 804
  • Jamiyat
  • Andijonda avtomashinalarni tunab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
    Andijon tuman “Oyjamol” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noma’lum shaxs Andijon shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan Sh.M.ga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinining old eshigini temir jism bilan ochib, avtomashina salonida bo‘lgan 3 dona uyali telefon apparati, 100 AQSh dollari va 1.900.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda «Andijon viloyat IIB matbuot xizmati»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.

    Ko‘rilgan choralar natijasida noma’lum shaxs aniqlanib ushlandi. U Andijon shahrida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan E.B bo‘lib chiqdi. Ashyoviy dalil sifatida 100 AQSh dollari va 1 dona telefon apparati va 450.000 so‘m pullar olindi.

    Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasini 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu fuqaroning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

    » » Andijonda avtomashinalarni tunab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi