12:24 / 16.09.2017
8 463

Milliy bog‘ dushanbadan yopiladi, uning o‘rnida yangi bog‘ quriladi

Milliy bog‘ dushanbadan yopiladi, uning o‘rnida yangi bog‘ quriladi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i o‘rnida “zamonaviy hamda yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat bog‘i” quriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 4 sentyabr kungi qarorida aytiladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Loyiha qiymati 60 mln. dollar bo‘lib, uning investoriga Stargate Systems MChJ aylanadi.

Maydoni ko‘l bilan birga 20,79 gektarni tashkil qiluvchi bog‘, aholi, birinchi navbatda, yoshlarning “yuqori sifatli, jahon standartlari darajasidagi madaniy-ma’rifiy xizmatlarga” bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim, deya ta’kidlanadi qarorda.

Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, rekonstruksiya qilingan va zamonaviylashtirilgan yangi bog‘ har kuni 10 ming nafar tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kunidan Milliy bog‘ yopiladi. 1 oktyabrga qadar bog‘ hududidagi binolar buziladi, attraksionlar olib tashlanadi. 1 noyabrda esa bog‘ning shu hududi uzoq muddatli ijara uchun investorga beriladi. Ijara muddati loyiha yakunlangandan keyin 49 yilga teng bo‘ladi. Yangi bog‘ 2021 yilning 1 yanvar kunigacha foydalanishga topshirilishi kerak.

Yangi bog‘da amfiteatr, rangli favvora, attraksionlar va hordiq chiqarish uchun boshqa ko‘ngilochar ob’ektlar quriladi.

Bog‘da ikkita “Amerika tepaliklari” attraksioni, ikkita bolalar avtodromi, interaktiv poyezd, labirint, syorfing bilan shug‘ullanish uchun sun’iy to‘lqinli suv inshooti, to‘rtta qo‘lga o‘rgatilgan delfin ishtirokidagi shou-dastur uchun delfinariy ochilishi kutilmoqda.

Xorijdan olib kiriluvchi qurilish materiallari, uskunalar, texnika, attraksionlar, audio va videoqurilmalar, delfinlar, qushlar, baliqlar va o‘simliklar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy bog‘ dushanbadan yopiladi, uning o‘rnida yangi bog‘ quriladi