Foto: Jizzax viloyat IIB matbuot xizmati
Jizzax viloyat IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Zarbdor tumanida “soxta militsioner” qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib “Daryo” ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, 2017 yil 21 oktyabr kuni Zarbdor tumanida yashovchi fuqarolardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlik gumoni ostida qamoqqa olingan. Ertasi kuni qamoqqa olingan shaxsning 1966 yilda tug‘ilgan ayoliga notanish erkak qo‘ng‘iroq qilib, erining ishi bo‘yicha uchrashishi lozimligini aytadi.
Uchrashuv vaqti notanish erkak o‘zini viloyat IIB xodimi deb tanishtirgan va erining ishini yengillashtirishda yordam ko‘rsatishni va’da qilib, evaziga 5 million so‘m pul so‘ragan.
Xabar berishlaricha, ayol unga aytilgan summadagi pulni bergan. Aldanganini tushunib yetgach, ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
“Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ayolga o‘zini viloyat IIB xodimiman deb tanishtirgan va aldov yo‘li bilan undan 5 million so‘m pul olgan shaxs 1980 yili Zarbdor tumanida tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan Dilshodxon Zoirov ekanligi aniqlandi”, — deyiladi viloyat IIB axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi