10 013
Andijonlik IIB «xodimi» xotiniga ishqiy munosabatda bo‘lgan shaxsdan 1000 dollar talab qildi
Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Andijon tumanida yashovchi fuqaro O‘.X. ga o‘zini Andijon shahar IIBda ishlovchi «Eldor» deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi. U o‘zining turmush o‘rtog‘iga SMS yozib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelayotgani yuzasidan fuqaro O‘.X. ustidan ichki ishlar idorasiga ariza qilganini va unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirayotganini aytib, qo‘rqitadi.
Kelgusida mazkur holat yuzasidan unga nisbatan chora ko‘rmaslik va uni oila a’zolarini oldida sharmanda qilmaslik evaziga «Eldor» fuqaro O‘.X. dan dastlab 1 000 AQSh dollari talab qiladi. O‘.X. buncha miqdorda puli yo‘qligini aytadi. Shundan so‘ng qo‘ng‘iroq qilgan shaxs ushbu ishlarni ijobiy hal qilish evaziga, O‘.X. dan 400 AQSh dollari miqdorida pul berishini, agar talab qilingan pulni bermasa, O‘.X. ni jinoiy javobgarlikka tortib yuborishini bildiradi.
Olingan tezkor ma’lumotga asosan, joriy yilning 8 iyun kuni Andijon viloyati IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasining mas’ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. «Eldor» fuqaro O‘.X dan 300 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Andijon shahar IIBda ishlovchi «Eldor» deb tanishtirgan shaxs aslida fuqaro I.M. ekani, ichki ishlar idoralari tizimida esa umuman faoliyat yuritmasligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi