19:36 / 01.10.2018
5 598

Bosh prokuratura pora bilan ushlangan deputat haqida rasmiy maʼlumot berdi

Bosh prokuratura pora bilan ushlangan deputat haqida rasmiy maʼlumot berdi
Foto: Olimjon Toʻxtanazarov
Fuqaro I.M. 2018 yil 20 sentyabr Namangan viloyat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, u muqaddam Pop tumanida maktab direktori lavozimida ishlaganligi, JIB Pop tumani sudining 14.10.2017 yildagi hukmi bilan sudlanib, egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini, sud hukmidan norozi boʻlib, 03.09.2018 yilda Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati O.Toʻxtanazarovga murojaat qilganida, u davlat organlaridagi yuqori mansabdor shaxslarga pora berish orqali sud hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqartirib berishini hamda maktab direktori lavozimiga ishga tiklab berishini aytib, evaziga 500 AQSH dollari miqdorida pul talab qilayotganligini, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur ariza yuzasidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda 22.09.2018 yil soat 15:00larda O.Toʻxtanazarov Chust shahri markazida arizachi M.I.dan 500 AQSH dollarini olgan vaqtda, ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan 22.09.2018 yilda O.Toʻxtanazarovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, shu kuni viloyat xalq deputatlari Kengashi roziligi olingan holda O.Toʻxtanazarov JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

O.Toʻxtanazarov Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati¸ OʻzMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor boʻlib ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura pora bilan ushlangan deputat haqida rasmiy maʼlumot berdi