21:00 / 24.10.2018
3 719

Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun barmoq izi olinadi

Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun barmoq izi olinadi
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida ariza beruvchi tomonidan notarial tasdiqlangan hujjatlarga imzo chekish va ularning qo‘l barmoq izini skaner qilish amaliyoti joriy qilinadi. Shuningdek, vasiyatnoma va boshqa hujjatlarga imzo chekish jarayoni majburiy ravishda audio va video shaklda yozib boriladi.

Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining "Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov joriy yilning 9 oyi mobaynida 3 192 819 notarial harakatlar amalga oshirilgani, bu esa o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 4,5 % ga kam ekanini aytib o‘tdi.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bir qonun, Vazirlar Mahkamasining uchta qarori, bir idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Notariuslarning lavozimga tayinlanish uchun stajirovka o‘tashi ikki yildan bir yilgacha qisqartirildi. Sudya lavozimida kamida besh yil ishlagan hamda notarial faoliyat bo‘yicha kamida 3 yil rahbarlik va nazorat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq lavozimlardagi shaxslar uchun notarius lavozimiga stajirovka o‘tash tartibi bekor qilindi.

Bundan tashqari joriy yilning boshidan notariuslar sayyor tartibda 17 391 ta notarial harakatlarni bajargan. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, bu ko‘rsatgich 24 foizga o‘sgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, notariatning faol modeli doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga “Yagona darcha” tamoyili asosidagi notarial xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun barmoq izi olinadi