17:57 / 06.12.2018
5 168

"Qamchiq" dovonida yuz bergan avtohalokatda 4 kishi halok bo‘ldi

"Qamchiq" dovonida yuz bergan avtohalokatda 4 kishi halok bo‘ldi
Kecha, 5 dekabr kuni soat taxminan 18:45 larda Qamchiq dovoni mudhish YTH sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Toshkent viloyati YPX matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A 373 "M39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali O‘sh" avtomobil yo‘lining 214-kilometrida haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan K.B. Nexia-2 rusumli avtoulovni Angren-Namangan yo‘nalishida boshqarib ketayotib, uxlab qolishi natijasida yo‘l qurilish ishlarida xizmat ko‘rsatayotgan "IVECO" rusumli maxsus avtokran orqasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Nexia avtomashinasi haydovchisining uxlab qolishi oqibatida, o‘zi va yo‘lovchilar 1992 yilda tug‘ilgan Q.F, 1999 yilda tug‘ilgan F.X. 1936 yilda tug‘ilgan A.K.ning umriga zomin bo‘ldi.

Ushbu yo‘l transport hodisasi yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Qamchiq" dovonida yuz bergan avtohalokatda 4 kishi halok bo‘ldi