23:51 / 29.12.2018
5 921

Sherzod Shermatov Prezident Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi

Sherzod Shermatov Prezident Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Prezidentning Parlamentga qilgan murojaatnomasi haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda «Ma’rifat» gazetasi.

«Prezidentimiz e’tiborimizni ilm-fan sohasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan davlatlarda rivojlanishning yuqori sur’atlari kuzatilayotganiga qaratdi. Biz, soha xodimlari inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, yoshlarimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur», — deydi Sherzod Shermatov.

Murojaatnomada qiyosiy tahlil keltirilishi bilan birga, mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish bo‘yicha vazifalar ham ko‘rsatildi.

«Shundan kelib chiqib aytishim mumkinki, 2019 yilda mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashga doir xalqaro izlanishlarni, yoshlarning ijodkorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan foydalanishga keng o‘rin beriladi», — dedi u.

«O‘z navbatida, yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim dasturlari va o‘qitish uslublarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish ham kun tartibidagi asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi. Bir so‘z bilan aytganda, faoliyatimizni «Ta’limga kiritilgan investitsiya – kelajakka kiritilgan sarmoyadir!» tamoyili asosida tashkil etamiz», deya ta’kidladi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Shermatov Prezident Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi