17:17 / 13.01.2019
14 529

O‘rta Osiyo lo‘lilari. Ular kim va qanday yashaydi? (foto)

O‘rta Osiyo lo‘lilari. Ular kim va qanday yashaydi? (foto)
«Lo‘li» so‘zi kelib chiqishi yaqin bo‘lgan 80 ga yaqin etnik guruhni o‘zida birlashtiradi. Markaziy Osiyoda lo‘lilar uzoq yillar oldin paydo bo‘lgan, deya xabar beradi Daryo «Kaktakto»ga tayanib.

Buyuk Britaniya va Ispaniyada ular «Gypsies », ya’ni misrliklar deb, Fransiyada «bohémiens», Germaniya, Italiya va Rossiyada «roma» yoki «siganlar» deb ataladi. Markaziy Osiyo davlatlarida esa ular «lo‘li, jugut, mazang» deyiladi. O‘rta osiyolik lo‘lilar esa o‘zlarini «mugatlar» deb ataydi.

Kelib chiqish haqidagi afsonalar
Qadimda bir kambag‘al ota-ona bo‘lib, ularning Lo‘ ismli o‘g‘li va Li ismli qizi bo‘lgan. Kunlardan bir kun mamlakatga bosqinchilar bostirib kiradi. To‘polonda haligi ota-ona farzandlarini yo‘qotib qo‘yadi. Lo‘ va Li ota-onasini izlashga tushadi – har biri o‘z yo‘lini tanlaydi. Oradan yillar o‘tgach, Lo‘ bilan Li uchrashib, bir-birini tanimasdan, turmush quradi. Haqiqat ochilganda, mullalar ularni la’natlaydi va o‘sha vaqtdan boshlab bu la’nat «Lo‘li» sifatida ularning avlodlariga o‘tib keladi.

Markaziy Osiyo lo‘lilari (boshqa lo‘lilar kabi) Hindistondan kelgan bo‘lib, bir paytlar hind xalqining quyi kastlaridan biriga mansub bo‘lgan.

Olimlar Firdavsiyning «Shohnoma» asarida V asrda kelib chiqishi Sosoniylardan bo‘lgan Fors shohi Bahrom Guruga sovg‘a sifatida Hindistondan ko‘chirilgan 12000 «lo‘ri» san’atkorlari tilga olinganiga e’tibor qaratdi.

Ular «Lo‘ri» yoki «Lo‘li» nomlari Hindistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlaridan biri bo‘lgan qadimgi Sind rojaligining poytaxti al-Rur yoki Arur shahri nomi bilan bog‘liq deb tahmin qilishgan. San’atkorlar guruhi yangi joyga borgach, hunarini saqlab qolish va boshqalarga aralashib ketmaslik uchun kastadan o‘ziga xos bo‘lgan etnik guruhga aylangan.

Sind xalqining avlodlari Fors va Markaziy Osiyo lo‘lilariga aylandi. Forscha lug‘atda «lo‘li» so‘zi «raqs va qo‘shiq bilan shug‘ullanadigan odamlar» degan ma’noni anglatadi.

Nima bilan shug‘ullanadi va qayerda yashaydi?
Markaziy Osiyoning shimoliy hududlaridagi erkak lo‘lilar asosan otlarni ko‘paytirish va sotish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, ular otlarning yo‘lidan chachvon (musulmon ayollarning yuzini yopadigan to‘r) tayyorlagan.

Lo‘lilar, shuningdek, yog‘och qoshiq, chashka va boshqa kichik uy anjomlarini ishlab chiqarishgan.
Markaziy Osiyoning janubiy viloyatlarida erkak lo‘lilar zargar bo‘lgan. Bilakuzuklar va ziraklar yasagan, ba’zan metall va yog‘och idishlarni ta’mirlagan.

Foto: gumilev-center.ru
Ayol lo‘lilar kichik savdo bilan shug‘ullangan – ular pardoz buyumlari, igna, iplar, hamda lo‘li erkaklar tayyorlagan mahsulotlarni sotgan. Ba’zilari fol ochish bilan shug‘ullangan. Ularning orasida tabiblar ham bor bo‘lgan.

Ba’zi lo‘lilar to‘dasida ayollar do‘ppi va kamarlarni tikish bilan shug‘ullangan. Lekin ularning asosiy mashg‘ulotlari tilanchilik bo‘lgan. Yozda va ayniqsa qishda ayollar bolalari bilan birga yelkasiga xurjun osib, sadaqa yeg‘ib yurgan. Itlarni quvish uchun qo‘lida uzun hassa (aso) bo‘lgan. Ayol lo‘lilar mayda o‘g‘irlik ham qilgan.
Tilanchilik va tabiblik bilan ba’zi erkaklar ham shug‘ullangan.

Lo‘li va jugut erkaklar ishlab chiqaruvchi mehnat bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lib, oilasini boqish haqida qayg‘urgan. Lo‘lilarning aksariyati uchun daromadning asosiy manbasi ayollar shug‘ullanadigan tilanchilik edi. Kichkina qop va hassa bilan qurollangan ayollar har kuni har kuni shahar va qishloqlarda hovlima hovli yurib, sadaqa yig‘gan. Yo‘l-yo‘lakay ko‘zgu yoki bir piyola suv yordamida fol ham ochgan.

Foto: gumilev-center.ru
Mazanglar esa hech qanday tilanchilik bilan shug‘ullanmagan. Mazang erkaklar duradgor va kichik savdogar bo‘lgan.
Chodir lo‘lilarning an’anaviy boshpanasi bo‘lib xizmat qilgan. Qishki chodir yerga qazilgan ikki yoki uchta xodadan qoziq qilib, usti qo‘pol mato bilan qoplangan. Chodirni chiqish yaqinidagi yoqilgan olov bilan isitishgan.

Foto: trud.ru
Yozgi chodir esa faqat quyoshdan pana, soya joy sifatida kerak bo‘lgan. U juda kichikroq va odatda bitta to‘singa qurilgan. Chodir ichiga kigiz to‘shalgan, choyshab yoyib, ustiga yostiq qo‘yilgan.
Mazanglar chodiri bilan boshqa lo‘lilardan ajralib turgan. Ular kichik novdalar, qamish va hashakdan chayla qurgan. Chayla uzunligi 3-4 metr bo‘lgan, eshiklari qamishdan qilingan yoki mato osib qo‘yilgan.

Ular nima kiyadi?
Ularning kiyimi o‘zbek yoki tojik kiyimidan sira farq qilmaydi. Hozirda yoshi katta erkaklari xalat va keng shim kiyadi, boshiga do‘ppi kiyib, atrofini salla bilan o‘rab oladi. Ayollar kiyimida yevropa lo‘lilariga xos keng yubka va turli shaqildoqlar yo‘q.

Foto: gumilev-center.ru
Markaziy Osiyo lo‘l ayollarining kiyimi o‘zbeklarnikidan yorqin rangga moyilligi va rangli kombinatsiyadagi g‘ayrioddiyligi bilan farq qiladi. Lo‘li ayollar turli xil zargarlik buyumlari — uzuklar, ziraklar, bilaguzuklar, marjonlarni yanada ko‘proq moyil bo‘ladi, biroq bu narsalar ham hozirda milliy o‘ziga xosligini yo‘qotdi.

Din va oilaviy marosimlar
Diniy e’tiqodiga ko‘ra Markaziy Osiyo lo‘lilari musulmon. Ular o‘liklarni musulmonlarga xos tarzda dafn qiladi, ibodat qiladi, ro‘za tutadi, o‘g‘illarini sunnat qiladi. Biroq, o‘tmishda ular, Markaziy Osiyoning boshqa ko‘plab xalqlari singari, islomga qadar turli islomiy e’tiqod unsurlari bilan birgalikda pravoslav e’tiqodini uyg‘unlashtirgan.

Lo‘lilarda turli xil ilohiylarga – jin, pari, alvasti, turli ziyonlardan asrovchi tumor va bozbandlarga ishonch keng tarqalgan. Piyoz, qalampir, non, o‘tkir narsalar, qo‘chqor shoxlari yovuz ruhlarning va yomon ko‘zdan asrovchi talisman sifatida qadrlangan. Bo‘riga maxsus muqaddas kuch deb ishonilgan: uning qoziqtishi va quritilgan burni kiyimlarga tikib qo‘yilgan.

Lo‘lilarning e’tiqodiga ko‘ra, jayra ham xuddi shunday kuchga ega bo‘lib, ularning tikani tumor sifatida ishlatilgan. Qarshi lo‘lilari jayra go‘shtini yegan, Samarqandda esa bu hayvonning go‘shtini yeyish taqiqlanib, jayra qachonlardir inson bo‘lgan degan afsonaga ishonilgan.

Lo‘lilar kichik oilalarda yashaydi. O‘g‘illar nikohdan keyin darhol alohida turar joyga chiqib ketadi. Har bir oila o‘z xo‘jaligini yuritib, boshqalardan alohida bo‘lishga intiladi. Ayol asosiy boquvchi bo‘lsa-da, oilada eriga bosh egadi.

Foto: Open Asia
Qizlar 12-15 yoshida turmushga chiqadi. To‘y marosimining barcha urf-odatlari atrofdagi aholinikidan farq qilmaydi. Lo‘lilar orasida amakivachchalar nikohlari keng tarqalgan bo‘lib, odatda ich kuyov qilib olinadi.

Lo‘lilarga xos xususiyatlardan yana biri qarshi qudachilik, bunday holatlarda qalin puli to‘lanmaydi.

Lo‘lilarda nikoh to‘yi bilan bog‘liq bir afsona mavjud. To‘yda kelinning yelkasiga yoshi kattaroq ayol xurjun osib, quyidagi qasamyodni aytdiradi: «Qasamki, bu xurjunni butun hayotim davomida olib yuraman va farzandlarimni ota-bobolarimiz kabi oziqlantiraman. Bu xurjun hech qachon bo‘sh qolmaydi, chunki men har doim uyma-uy yurib, sadaqa so‘rayman. Xurjunimni tashlab, boshqa ish bilan shug‘ullanadigan kunimga la’natlar bo‘lsin.»

Nikoh marosimida ko‘plab mehmonlar to‘planadi. To‘ylarda xo‘roz urishtirish va eshak urishtirish kabi o‘yinlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yugurish bo‘yicha poyga ham uyushtiriladi.

Musulmonlarga xos nikoh o‘qish marosimi kelinning uyida bo‘lib o‘tgan. Yangi kelin-kuyovlarni erining uyiga olib borish, olov atrofida aylanish, ko‘zguda bir-birini ko‘rish va shunga o‘xshash odatlarga ham amal qilinadi.

Birinchi farzandi dunyoga kelgach, Lachak Bandon (turmushga chiqqan ayolning bosh kiyimi) marosimi o‘tkaziladi. Lo‘li ayol odatda sadaqani yig‘ish uchun mana shu marosimdan keyin tashqariga chiqadi.

Qaysi tilda gapiradi va hozirda qancha lo‘li qoldi?
Lo‘lilar ikki tilda gapiradi: o‘zbek va tojik. Ammo o‘zlarining maxsus, yashirin tili ham bor: «lavzi mugat» yoki «arabcha» (ular o‘zlarini qora tanli ko‘rinishi va ko‘chmanchi turmush tarzi o‘xshash bo‘lgan arablarga qarindosh deb hisoblaydi).

Foto: Kaktakto
Aniqrog‘i, u «maxfiy» ya’ni boshqa tillardan kirib kelgan, ma’lum ob’ektlar, tushunchalar va xatti-harakatlarni ifodalovchi so‘zlardan tashkil topganiga qaramay, o‘ta «maxfiy» til emas.

Markaziy Osiyoda lo‘lilarining soni aniq sanalmagan va buni hisoblashning iloji ham yo‘q. Chunki ko‘pchilik lo‘lilar boshqa millat vakillari bo‘lishga da’vo qilmoqda. 1989 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda taxminan 25 mingta lo‘li bor edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rta Osiyo lo‘lilari. Ular kim va qanday yashaydi? (foto)