22:34 / 11.04.2019
11 501

Chumoli va Sulaymon alayhissalom (Ilmiy haqiqat)

Chumoli va Sulaymon alayhissalom (Ilmiy haqiqat)
Chumolilar nozik tebranishlarni ajrata oladilar. Ularning manbasini bilishadi va juda ham g‘aroyib usulda xatarni aniqlay oladilar. Keling shular haqida fikr yuritamiz.

Ateistlar chumolini Sulaymon alayhissalom va qo‘shinini kelayotganini his qilganini inkor etib keladilar. Ular «Bu qissa afsonadan boshqa narsa emas» deydilar. Subhanalloh! Alloh taolo buning ilmiy isbotini topishni Germaniyalik olimlarga nasib etdi. Joriy yilda Spigel Onlayn saytida chop etilgan nemis tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, chumolilar biror bir yirtqich hayvonning yoki qandaydir xatarning natijasida kelib chiqadigan tebranishni ajrata oladilar va hujumga qarshi hozirlik ko‘radilar. Shamol keltirib chiqaradigan tebranishlar esa ularga ta’sir o‘tkazmaydi. Bu holda chumolilar o‘z ishlarida davom etaveradilar.

Tadqiqotchilardan biri Ketrin Kroziya tadqiqotga kirishilishini shunday hikoya qiladi: “Biz daraxt shoxlariga to‘satdan tegib ketdik. Qarasak unda chumoli bor ekan va u bizga hujum qilmoqchi bo‘lyapti. Chunki chumolilar tebranish markazini aniqlab, uni qayerdan kelayotganini bilib oladi. Unga tezda qarshilik ko‘rsatishga shaylanadilar.

Sulaymon alayhissalom zamonlarida ham chumolilar qo‘shinning kelayotganini otlarning yerga urayotgan qadam tovushlaridan bilgan va darhol qochishga hozirlangan.

“Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: “Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar”, dedi“(“Naml” surasi, 18-oyat).

Biz ushbu oyatdan 3 ilmiy haqiqatni topamiz:

1. Chumolilar tebranishlarni sezadi, ularni ajrata oladilar va unga qarshi hozirlik ko‘radilar – "... bir chumoli: "chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar".

2. Chumolilarni ayol chumoli ogohlantiradi – «…bir chumoli…» (Oyatda chumoli lafzi ayol jinsida keltirilgan)

3. Chumolilar o‘zlari uchun juda qulay uylarni quradilar. Unda xonalar, yo‘llar, ombor va hattoki shamol aylanish tizimi ham bo‘ladi – "…maskanlaringga kiringlar…".
Abduddoim Kahil
Shahzod Ramazonov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chumoli va Sulaymon alayhissalom (Ilmiy haqiqat)