16:24 / 29.04.2024
106

Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda

Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Foto: The Times of Israel
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo bo‘yicha harakatlaridan xavotirda, chunki u Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olinishi mumkin. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Netanyaxu ushbu holatning avj olmasligi uchun harakat qilar ekan, Isroilda hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar kuzatilmoqda. Xususan, namoyishchilar hukumatdan HAMAS tomonidan garovga olingan shaxslarni qutqarish uchun yanada faol choralar ko‘rishni talab qilmoqda.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden va Netanyaxu o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida garovga olinganlar masalasi ko‘tarilgan edi. Uchrashuv davomida Isroilning Rafahdagi ehtimoliy amaliyotlari ham muhokama qilingan.

Falastin rahbari Mahmud Abbosning fikricha, agar Isroilning hujumi amalga oshsa, bu Falastin xalqi tarixidagi eng katta falokat bo‘lishi mumkin. U Isroilni hujumlarni to‘xtatishga chaqirgan.

Rafahda hozir G‘azo aholisining yarmidan ko‘pi istiqomat qiladi. Ko‘pchilik to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.

Isroil armiyasi vakiliga ko‘ra, oxirgi bir necha hafta ichida G‘azoga kirib kelayotgan insonparvarlik yordami miqdori sezilarli darajada oshgan. U kelgusida yordam miqdori yanada ortishda davom etishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda