272
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron yaqinda Markaziy Osiyo bo‘ylab safariga narxi taxminan 42 million funt sterling (52,6 million dollar) bo‘lgan hashamatli samolyotni ijaraga olgani uchun tanqid qilindi, deb yozdi The Guardian.
Kemeron o‘tgan haftada Embraer Lineage 1000 samolyotida Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga besh kunlik tashrif bilan bordi.
Samolyotga egalik qiladigan Union Aviation kompaniyasi o‘z veb-saytida havo kemasida yo‘lovchilarga sharob tanlashda yordam beradigan someliye borligini ma’lum qilgan. Kompaniya, shuningdek, «eng talabchan yo‘lovchilar» uchun oziq-ovqat menyusini taklif qiladi. Samolyotda shuningdek, ovqatlanish stoli va uzaytirilgan divanlar bilan plazma TV ham mavjud.
Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi vakili Emili Tornberi buning uchun Kemeronni ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qildi.
«Men Devid Kemeron bir hafta ichida bir nechta mamlakatlarga sayohat qilganda samolyot ijaraga olishi kerakligini tushunaman, ammo bu bozordagi eng hashamatli shaxsiy samolyotlardan birini ijaraga olish uchun soliq to‘lovchilar hisobidan yuz minglab funt sarflanishini oqlamaydi», dedi u.
Kemeron safaridan oldin, Britaniya hukumati tashqi ishlar vaziri Britaniya biznesi imkoniyatlarini ilgari surish uchun borayotganini va mintaqadagi davlatlar suvereniteti, mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million funt sterling (62,7 million dollar) miqdorida yangi mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan edi.
O‘tgan yili tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan Jeyms Kleverli Karib dengizi va Lotin Amerikasi bo‘ylab 8 kunlik sayohati uchun xuddi shu turdagi samolyotdan foydalanganda taxminan 400 ming yevro (428 ming dollar) to‘lagani uchun tanqid qilingan edi.
Bosh vazir Rishi Sunak ham Buyuk Britaniyadagi qisqa masofali safarlari uchun samolyotdan foydalanishi tufayli muntazam tanqid ostiga olinadi.
Avvalroq, Rishi Sunak, Devid Kemeron va qirol Charlz III Dubaydagi COP28 iqlim anjumaniga alohida samolyotlarda parvoz qilgani uchun ham tanqid qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?