12:42 / 29.04.2024
830

Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati

Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Shimoliy Koreya har doim alohida qiziqish uyg‘otgan. Aksariyat hollarda, bu mamlakatga ko‘chib o‘tish va mahalliy madaniyatga singib ketish istagi bilan bog‘liq emas, balki mahalliy aholining siyosat ta’sirida o‘ziga xos tarzda shakllangan odatlari va urflari bilan bog‘liq. Ularning xulq-atvor qoidalari biz o‘rganib qolgan qoidalardan shunchalik farq qiladiki, ular yumshoq qilib aytganda, hayratlanarli.

Televizorni ma’lum bir vaqtda tomosha qilish

Shimoliy Koreyada odamlar ma’lum bir vaqtda televizor ko‘rishga o‘rganib qolgan. Ertalab hech kim televizor ko‘rmaydi, tomosha qilish uchun ajratilgan maxsus vaqt 15:00 dan 22:00 gacha. Dam olish kunlarigina odamlarga ertalab televizor ko‘rishga ruxsat beriladi. Shunda ham faqat bir nechta davlat kanallarini tanlash mumkin, davlat kanallaridagi dasturlar sinchkovlik bilan tekshiriladi.

Faqat qora jinsi shim kiyish

Mashhur klassik ko‘k jinsi shimlar bu yerda butunlay trenddan chiqib ketgan: ko‘k jinsi bu — imperializm ramzi, shuning uchun agar shu rangdagi jinsi shim kiysangiz, avtomatik ravishda dushman siyosatining tarafdori va davlat dushmaniga aylanasiz.

Faqat jamoat transporti yoki velosipeddan foydalanish

Bir qarashda, bu turmush tarzi sog‘lom va ekologik jihatdan qulay bo‘lib tuyulishi mumkin. Darhaqiqat, ko‘pchilik megapolislarda fuqarolar ongli ravishda shaxsiy avtomobildan voz kechadi. Ammo Shimoliy Koreyada hamma ham velosiped sotib ololmaydi, shuning uchun bu yerda mashina misli ko‘rilmagan hashamatdir. Ikkinchidan, agar mashina haydashga ruxsatnomangiz bo‘lmasa-yu, lekin avtomobil boshqarsangiz, qamoqqa olinasiz.

Muayyan stol odob-axloq qoidalariga rioya qilish

Keksalarni hurmat qilish Shimoliy Koreya hayotidagi asosiy tamoyillardan biridir. Eng keksa vakilsiz boshlangan oilaviy kechki ovqatni tasavvur qilishning iloji yo‘q. Ular boshlab bermaguncha hech kim ovqat yemaydi. Oilaning kattasi stoldan turishi bilan boshqa barcha oila a’zolari o‘rnidan turadi va u xonani tark etgandan keyingina o‘tirishlari mumkin.

Oyoqlarni begona ko‘zlardan yashirish

Shimoliy koreyaliklar uyda ham yalangoyoq yura olmaydi (paypoqsiz yurish odobsizlikning eng yuqori nuqtasidir). Boshqa oila a’zolariga nisbatan bu yomon xulq-atvorning namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Keksa odam bilan bir xonada yalang oyoq bo‘lish buzuqlikning eng baland nuqtasi bo‘lib, Shimoliy Koreya xalqi bunga chidab turolmaydi.

Ko‘chada boshqa odamlardan kechirim so‘ramaslik

Birovning oyog‘ini bosib olsangiz yoki turtib yuborsangiz, darhol uzr so‘raysiz — bu odatiy hol bo‘lgani uchun ongsiz ravishda shunday qilasiz. KXDRda bunday odat yo‘q, aksincha, bunday beparvolik uchun kechirim so‘rash bu yerda qabul qilinmaydi. Buning sababi boshqani noqulay ahvolga solib qo‘yishni istamaslikdir: axir, kechirim so‘rash yana bir uzr so‘rashga olib keladi.

Sovuq vanna qabul qilish

Shimoliy Koreya aholisi uyida sovuq vanna qabul qilishga majbur va bu ularning organizm uchun foydali bo‘lgani uchungina emas. Vannani issiq suv bilan to‘ldirish bu yerda noqonuniy hisoblanadi, shuning uchun aholida ikki variant qoladi: sovuq haroratda cho‘milish yoki jamoat hammomlariga borish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati