06:00 / 01.05.2024
192

Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi

Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Foto: Getty Images
2025-moliya yili uchun budjet AQSH Mudofaa vazirligiga, xususan, Xitoydan kelayotgan bir qancha chaqiriqlarga qarshi kurashishda yordam beradi, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSH Kongressi Vakillar palatasi Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi tinglovda.

«Bizning moliyalashtirish bo‘yicha so‘rovimiz, agar ma’qullansa, Qo‘shma Shtatlar uchun eng asosiy chaqiriq — Xitoy bilan ishonchli tarzda va o‘z vaqtida kurashish imkonini beradi», dedi Ostin.

Boshqa chaqiriqlar qatorida u «borgan sari tajovuzkor bo‘layotgan» Rossiyani, Eron va uning nazorati ostidagi guruhlarni, KXDR va xalqaro terrorchilik tashkilotlari tahdidini tilga oldi.

Mart oyida Bayden ma’muriyati Kongressdan 2025-moliya yilida Pentagon budjetiga 849,8 milliard dollar ajratishni so‘ragani xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi