23:28 / 01.05.2024
136

Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi

Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Arxiv foto: Pervo.ru
Ukraina kamikadze dronlari 1 may kuni Rossiyaning Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, dronlar dastlab Belgorodskiy tumanidagi Yasniye Zori aholi maskaniga kelib urilgan. Bu to‘g‘risida viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov rasman ma’lumot bergan.

Belgorodskiy tumanidagi Yasniye Zori hududiga Ukrainaning xudkush dronlari hujum qildi. Dronlar hujumi va keyingi portlash oqibatida qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q. Ikki yo‘lovchi mashinasiga zarar yetgan”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Rasmiylar voqea joyida tez yordam va qutqaruv xizmatlari ishlayotganini ma’lum qilgan. Dronlar urilgan fuqarolik va davlat inshootlari tez fursatda qayta ishga tushirilishi aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 24 aprel kuni Ukraina kamikadze dronlari Rossiyaning Smolensk viloyatidagi neft bazalariga hujum uyushtirgan edi. Hujumdan so‘ng yonilg‘i-energetika obyektlarida yirik masshtabda yong‘in kelib chiqqan. Obyektlardagi xodimlar evakuatsiya qilingan. Rasmiylar nishonga olingan obyektlarda 26 ming kub metr Rossiya yonilg‘isi saqlanayotganini ma’lum qilishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
ePN