22:22 / 01.05.2024
51

Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi

Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Foto: Google Images
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan Kolumbiya universiteti va Siti kollejining jami 300 ga yaqin talabasini hibsga oldi. Bu haqda Nyu-York politsiyasi rahbari Edvard Kaban ma’lum qildi.

Hammasi bo‘lib, uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya 282 kishini hibsga oldi: 173 nafari Siti kolleji va 119 nafari Kolumbiya universiteti talabalari.

Hibsga olingan talabalarning barchasiga binoga noqonuniy kirishdan tortib to bino eshik va derazalarini sindirishgacha bo‘lgan ayblovlar qo‘yilgan. Shahar meri Erik Adamsning aytishicha, gap tinch namoyishlarni keskinlashtirayotgan provokatorlar haqida ketmoqda.

Binolarni to‘sib qo‘yish, mulkni vayron qilish yoki videokuzatuv kameralarini ishdan chiqarishda tinch namoyishlarning umuman asari ham yo‘q. Biz tinch norozilik namoyishi hech qanday maqsadga xizmat qilmaydigan zo‘ravon tomoshaga aylanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, dedi u.

Kolumbiya universiteti talabalari binoning derazalarini sindirib, Hamilton Xollni egallab olishdi. Miting G‘azo sektorida halok bo‘lgan olti yoshli bola xotirasiga o‘tkazildi. Universitet namoyishchilarni haydash bilan tahdid qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi