O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov yozda kelasi mavsumni qaysi klubda o‘tkazish masalasini hal qilishi kerak.
Legionerimizning “Roma” bilan 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomasi bor. Biroq Rim klubi murabbiylar shtabi kelasi mavsum unga asosiy tarkibdan joy berishi ehtimoldan ancha yiroq.
Poytaxt klubi o‘zbekistonlik o‘yinchini 10 million yevroga baholamoqda va uni to‘liq transfer qilishni mo‘ljallayapti.
Eldorning hozirgi klubi “Kalyari” xo‘jayinlarining o‘zbek futbolchisi haqidagi fikri keyingi paytda tubdan o‘zgardi. Qishda o‘yinchini muddatidan oldin ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lgan sardiniyaliklar endi boshqacha qarashga ega.
Euro-football nashrining yozishicha, “Kalyari” rahbariyati o‘zbek futbolchisining keyingi paytda namoyish etayotgan o‘yinidan mamnun va kelasi mavsum unga ishonch bildirishga tayyor.
Bu transferni amalga oshirish faqatgina bir masalaga bog‘liq ekani aytilmoqda. Ya’ni, “Kalyari” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolsagina Shomurodovni olib qolish bo‘yicha ishga kirishadi.
Manbaning ta’kidlashicha, Shomurodovga Turkiya va arab mamlakatlaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Lekin hujumchining o‘zi faoliyatini Italiyada davom ettirishni ma’qul ko‘rishini bildirgan.
Aslida har yoz Shomurodovga turli mamlakatlar yetakchi klublaridan chorlov bo‘ladi. Biroq Eldor har doim A Seriyani tanlab kelmoqda.
Bundan tashqari, 28 yoshli charm to‘p ustasi “Roma”da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmagan paytlardan boshlab, Italiyaning turli jamoalari uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib kelishi haqida ham juda ko‘p ma’lumotlar tarqatilgan.
Shundan kelib chiqib, yozgi transferlar vaqtida Eldor Shomurodovning bozori yana “qaynashi” kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda forvardimiz A Seriyada 19 ta uchrashuvda uchtadan gol va assist muallifi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi