O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hamda Rossiyaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Osiyo kubogi final uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi Moskvaga yo‘l olgan.
“U-23 Osiyo kubogida terma jamoamizning tarixiy natijasiga munosib hissa qo‘shgan futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev kelishuvga muvofiq, navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Moskvaga yo‘l olmoqda.
"O‘FA Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda legionerimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishiga ko‘maklashgani uchun “SSKA” klubiga minnatdorchilik bildiradi”, — deyiladi O‘FA matbuot xizmati bergan xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev terma jamoa safiga turnir yarmida kelib qo‘shilgan va O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining chorak va yarim final bahslarida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Futbolchi Saudiya bilan bo‘lgan uchrashuvda Norchayevning goliga hammualliflik qilgan edi.
Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullayevning maydon markazidagi faolligi g‘alabalarda asosiy rol o‘ynadi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi final bahsida Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 3 may kuni 20:30 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi