Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvidagi aliment undiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etib, farzandiga to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan qarzdor otalarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
Jumladan, qarzdor A.Qalandarovdan undiruvchi X.Djurayeva foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi ta’minoti to‘lanishi lozim bo‘lgan 13 mln. 935 ming so‘m;
-qarzdor A.Bibarsevdan undiruvchi N.Bibarseva foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi uchun 14 mln. 964 ming so‘m;
- qarzdor M.Islamovdan undiruvchi N.Islamova foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlarining ta’minoti uchun 10 mln. 541 ming so‘m;
- qarzdor A.Tuxtayevdan undiruvchi N.Tadjiyeva foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi uchun 6 mln. 664 ming so‘m;
- qarzdor A.Potapovdan undiruvchi V.Potapova foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining ta’minoti uchun 28 mln. 447 ming so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli 15 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.
Qarzdor I.Abdurafikov ham undiruvchi S.Abdurafikova foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlari uchun 2 mln. 313 ming so‘m aliment pullarini to‘lagani sababli, unga nisbatan ham 15 sutka qamoq jazosi qo‘llanilgan edi, u otalik mas’uliyatini tushunib yetdi va jazoni o‘tab bo‘lgach, aliment bo‘lgan qarzlarini to‘liq to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi