3 739
Saida Mirziyoyeva: Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi
Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi boʻyicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
«Uning asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor, men uni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etaman.
Maʼlumki, Prezidentimizning Beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini koʻzlab ilgari surilgan. Bu ish hamjihatlikda qilinsagina samarali boʻlishiga ishonaman, zero, saʼy-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin. Shuning uchun yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh yetakchilar va umuman faol, oʻz yurtining taraqqiyotiga befarq boʻlmagan fuqarolarni Beshta tashabbusni roʻyobga chiqarishda ishtirok etishga chaqiraman.
Strategiyaning ishchi versiyasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Oʻz takliflaringizni shu yerda, izohlarda qoldirishingiz yoki quyidagi pochta manziliga yoʻllashingiz mumkin: [email protected]», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva
Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva
Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Anchelotti «Real» Chempionlar ligasi finaliga chiqqach Peresni maqtadi
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi