AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya G‘arb kompaniyalari va foydalanuvchilari kompyuterlariga zarar yetkazgan rossiyalik Lockbit xakerlar guruhi yetakchisi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.
Uch mamlakat rasmiylariga ko‘ra, bu odamning ismi Dmitriy Xoroshev; unga qarshi sanksiyalar qo‘llanilgan, qo‘lga olinishiga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha to‘lov va’da qilingan, deb xabar bermoqda Reuters.
AQSH Moliya vazirligi Xoroshevni Chikagodagi kasalxona kompyuterlariga zararli dasturlarni kiritishda aybdor ekanligini aytdi. AQSH rasmiylari Xoroshevni Lockbit nomli xakerlik dasturining «yaratuvchisi, ishlab chiquvchisi va administratori» deb hisoblaydi.
Britaniya hukumatining ta’kidlashicha, Lockbit o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilardan 1 milliard dollardan ko‘proq pul undirgan va barcha ma’lum bo‘lgan to‘lov dasturi hujumlarining chorak qismini tashkil qilgan.
AQSH prokuraturasining ayblov xulosasiga ko‘ra, Rossiyaning Voronej shahrida yashovchi 31 yoshli Xoroshev Lockbit faoliyatidan kamida 100 million dollar mablag‘ni bitkoin ko‘rinishida olgan.
AQSH Adliya vazirligining xabar berishicha, Xoroshevning Bitcupp, Lockbit va putincrab kabi bir nechta taxalluslari bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi