
Chempionlar ligasida mavsum o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Yarim finaldan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlardan biri PSJ - "Borussiya" bellashuvida mehmonlarning yagona goli o‘yinga nuqtani qo‘ydi. Eng qizig‘i, "asalarilar"ga buning uchun atigi bir dona aniq zarba kerak bo‘ldi.
Luis Enrike shogirdlari esa o‘yin davomida 30 marta Kobel darvozasi tomon to‘pni yo‘lladi. Shulardan 5 tasi aniq va shveysariyalik posbon bularning barchasini qaytardi. Agarda futbolda hisob xGga qarab belgilanganida, bugun mezbonlar 3 ta gol urishi kerak edi. Eng ko‘p vaziyatlardan foydalana olmagan o‘yinchi bu Gansalu Ramushdir. U bugun bemalol dublni rasmiylashtirish imkoniyatga ega bo‘ldi.
"Borussiya" ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:0 hisobi bilan zafar quchib, "Uembli" tomon yo‘l oldi. Klub bundan 11 yil oldin yakuniga yetmay qolgan ishini tugatishga harakat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar