2 854
Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga tegishli 130 million AQSh dollarini O‘zbekistonga qaytarishga qaror qildi
Foto: «Mirror»
Gulnora Karimovaning Shveysariya banklarida muzlatib qo‘yilgan pullarining 130 million dollarlik qismi O‘zbekistonga qaytariladigan bo‘ldi. Bu haqda Shveysariya Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Shveysariya Bosh prokuraturasi baënotida olti yildan beri olib borilaëtgan murakkab jinoyat ishi tergovining bir qismi sifatida Bosh prokuratura shirkatlar, xususan, O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi yoki faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan xorij shirkatlaridan katta miqdordagi pulning noqonuniy olinish sxemasini fosh qiluvchi dalillarga ega bo‘lgani, bu pullar xorij, asosan, Shveysariyada yuvilgani, tergov xulosasidan kelib chiqib, muzlatilgan pullarning 130 million franki (130 million AQSh dollari) O‘zbekistonga qaytarishga oid dastlabki qarorga kelingani aytiladi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan pullarining bir qismini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotgani avvalroq ma’lum bo‘lgandi.
O‘shanda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan pullarning 800 million franki qaytarilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Shveysariya prokuraturasining baënotida muzlatilgan pullarning qolgan qismi taqdiri haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Gulnora Karimova so‘nggi 6 yilda ilk marta o‘zbek xalqiga murojaat etgani xabar qilingan edi. Murojaat matnini uning qizi Imon Karimova Instagram sahifasida e’lon qilgan. Murojaatda Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragan va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytarganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi