16:18 / 08.07.2019
4 465

Denovdagi bozor hojatxonasiga chaqalog‘ini tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Denovdagi bozor hojatxonasiga chaqalog‘ini tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: “Daryo.uz”
1999 yilda tug‘ilgan F.T. 2 iyul kuni soat 15.00 atrofida Denov tumani, «Lolazor» mahallasidagi «Habibobod» bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan.

Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan F.T.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Denovdagi bozor hojatxonasiga chaqalog‘ini tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi