00:30 / 07.03.2025
80

Chet elliklar yerlarimizni egallab olmoqdami?

Chet elliklar yerlarimizni egallab olmoqdami?
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yurtimiz yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani yoki sotilayotgani” haqida xabarlar keng tarqalmoqda.

Kadastr agentligi bu xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Quyida uni to‘liq keltiramiz.

Mazkur shaxslar qonunchiligimizga ko‘ra Yer uchastkalarini chet elliklarga berish tartiblaridan xabari yo‘qligidan bunday ma’lumotlarni tarqatayotgan ko‘rinadi. Agar xabarlari bo‘lganida noto‘g‘ri xabarlarni tarqatmagan bo‘lar edi.

Biz sizga ma’lumot berib o‘tamiz.

Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) talablari Yer kodeksi bilan belgilangan hamda uning 17-moddasiga muvofiq chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin.

Kodeksning 24-moddasiga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari ijaraga beriladi.

"Xo‘p ijaraga bersagu xususiylashtirib olsachi, unda nima qilamiz?" - deb vahimaga tushmang.

Xavotirga o‘rin yo‘q, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish subyektlari bo‘lmaydi, ya’ni chet elliklarga yer xususiylashtirib berilmaydi.

"Xo‘sh agar qishloq xo‘jaligi yer bo‘lsachi? Uni xususiylashtirib oladimi?" - deb o‘zingizni qiynamang. Qishloq xo‘jaligi yerlarini hatto O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ham xususiylashtirib ololmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat