
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen rafiqasi Daniela Ele bilan ajrashishga qaror qildi. Futbolchining aytishicha, bu qaror uning va sobiq rafiqasi uchun og‘ir bo‘lgan.
"Assalomu alaykum,
Ko‘plab o‘ylashlardan so‘ng, biz Dani bilan har kim o‘z yo‘lidan ketishga qaror qildik. Bu oson qaror emas, ammo biz uchun eng yaxshisi deb hisoblaymiz.
Biz farzandlarimiz uchun barqaror muhit yaratishga e’tibor qaratamiz. Hali ham ota-ona sifatida hamkorlikda ishlashda davom etamiz va bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz.
Iltimos, shaxsiy hayotimizga, ayniqsa, farzandlarimizga hurmat bilan yondashing. Rahmat.
Hurmat bilan, Mark", – deb yozgan futbolchi Instagram’da.
Rasmiy sabablar aniq aytilmagan, ammo El Periodico nashrining xabar berishicha, ajrashishga sabab Danielaning shaxsiy murabbiy bilan xiyonati bo‘lgan. Shuningdek, Ter Shtegen bu haqda bilganidan keyin mehmonxonaga ko‘chib o‘tgani, ammo uyini "ta’mirlash ishlari" bahonasi bilan tark etgani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar