06:07 / 10.03.2025
478

Ilon Maskning boyligi 100 milliard dollarga kamaydi

Ilon Maskning boyligi 100 milliard dollarga kamaydi
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskning boyligi 2025 yil boshidan beri 100 milliard dollardan ortiqqa kamaydi. Birja tahlilchilari va OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla hamda boshqa kompaniyalar aksiyalari qiymatining pasayishi natijasida Maskning boyligi hozirda 330 milliard dollarga baholanmoqda. Bu yil boshidagi ko‘rsatkichdan 102 milliard dollarga kamdir.

Moliyaviy tahlilchilarning fikricha, Amerika fond bozoridagi tushish bir qator yirik korporatsiyalarning aksiyalari qiymatini pasaytirgan. Bu holat natijasida nafaqat Mask, balki boshqa amerikalik milliarderlar ham moliyaviy yo‘qotishlarga uchragan. Masalan, Oracle korporatsiyasi asoschisi Larri Ellisonning boyligi 19 milliard dollarga, Amazon asoschisi Jeff Bezosniki esa 17 milliard dollarga kamaygan.

Shuningdek, Tesla aksiyalarining tushishi va Maskning boyligidagi yo‘qotishlar jamoatchilik va investorlarning uning siyosiy harakatlariga nisbatan munosabatlari bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Xususan, AQSH va Yevropada Maskning Donald Tramp ma’muriyati bilan aloqalari va siyosiy bayonotlari sababli norozilik namoyishlari kuchaygan. Bu esa Tesla'ning ayrim bozorlardagi sotuvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, The Guardian nashri o‘tgan yilning dekabrida Ilon Mask 2027 yilgacha dunyodagi birinchi dollardagi trillionerga aylanishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Biroq hozirgi vaziyatda uning moliyaviy kelajagi fond bozoridagi o‘zgarishlar va global iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo