
O‘zbekiston yo‘llarida Chevrolet avtomobillari yetakchilik qilmoqda. 2024-yilda mamlakatda eng ko‘p sotilgan modellar orasida Chevrolet Cobalt, Chevrolet Damas, Chevrolet Tracker, va Chevrolet Onix bor.
Chevrolet Cobalt – ishonchli va tejamkor sedan. Keng salon, yuqori yoqilg‘i samaradorligi va arzon texnik xizmat bilan ajralib turadi. Ushbu modeldan 127 240 dona sotilgan.
Chevrolet Damas – kichik biznes uchun ideal transport vositasi. Kompakt o‘lchami, yuk va yo‘lovchi tashish uchun moslashganligi bilan mashhur. Yil davomida 106 001 dona sotilgan.
Chevrolet Tracker – zamonaviy va ixcham krossover. Yuqori texnologik imkoniyatlar, xavfsizlik va zamonaviy dizayni bilan e’tiborni tortadi. 37 903 dona xarid qilingan.
Chevrolet Onix – shahar hayoti uchun mo‘ljallangan avtomobil. Yuqori xavfsizlik, tejamkor yoqilg‘i sarfi va qulay boshqaruv tizimi bilan 33 644 dona sotilgan.
Bu ko‘rsatkichlar Chevrolet brendining O‘zbekistondagi ommabopligini yana bir bor tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar