15:46 / 09.03.2025
4 722

Toshkentda onaxonga sovg‘a berilib, keyin qaytarib olindi (video)

Toshkentda onaxonga sovg‘a berilib, keyin qaytarib olindi (video)
Ijtimoiy tarmoqarda obodonlashtirishda ishlaydigan onaxonning murojaati tarqaldi. Unda ayol tashkillashtirilgan bayramda sovg‘a berilgani, keyin esa qaytarib olinib, o‘g‘riga chiqarilganini aytgan.

Holat yuzasidan Yashnobod tuman hokimligi ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Raxmankulov hamda tuman mas’ullari mazkur xodimaning xonadoniga tashrif buyurib, uni bayram bilan tabriklagan hamda esdalik sovg‘alarini topshirgan.

Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, ayolning qo‘lidan sovg‘alarni olib qolgan shaxs bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat