
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025-yilda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 200 million AQSh dollari yo‘naltiriladi.
Shuningdek, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan “HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” mablag‘lari hisobidan oila tadbirkorligini rivojlantirish dasturi asosida kreditlar berilishi nazarda tutilgan.
Mazkur qarorning ijrosi har oy muhokama qilib boriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar