01:07 / 10.03.2025
49

Tramp Zelenskiyni tanqid qildi: "U pulni boladan konfetni tortib olgandek qabul qildi"

Tramp Zelenskiyni tanqid qildi: "U pulni boladan konfetni tortib olgandek qabul qildi"
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni Qo‘shma Shtatlardan kelayotgan yordamni munosib baholamaganlikda aybladi. Trampning ta’kidlashicha, Zelenskiy AQSHdan kelayotgan mablag‘larni hech qanday minnatdorliksiz, osonlik bilan qabul qilmoqda.

Trampning bu bayonoti ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi keskin tortishuvdan bir hafta o‘tib yangradi. U ayniqsa, Bayden ma’muriyatining Ukrainaga milliardlab dollarlik harbiy yordam ko‘rsatganini tanqid qildi.

"Zelenskiy shunchaki boladan konfet tortib olgandek, AQSHdan mablag‘larni oladi. U aqlli va kuchli inson, lekin u Bayden davrida Qo‘shma Shtatlardan pulni xuddi bir bola shirinlikni tortib olgandek, osonlik bilan oldi", – dedi Tramp.

Shuningdek, Tramp Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 350 milliard dollar yordam berganini ta’kidlar ekan, Zelenskiy bu yordam uchun hamon yetarlicha minnatdorlik bildirmayotganini qayd etdi. U, shuningdek, AQSH rahbarlari orasida Rossiyaga nisbatan eng qattiq choralarni aynan o‘zi qo‘llaganini ta’kidladi.

"Men Rossiyaning neft quvurlarini to‘xtatdim, sanksiyalar joriy qildim, Ukrainaga Javelin raketalarini berdim, lekin shu bilan birga Putin bilan munosabatlarim yaxshi edi. Hech kim Rossiyaga mendan ko‘ra qattiqroq munosabatda bo‘lmagan", – dedi Tramp.

Trampning ushbu bayonotlari uning avvalgi fikrlarini yanada kuchaytirib, uning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasiga shubha uyg‘otmoqda. U avvalroq ham AQSHning Ukrainaga yordami borasida keskin fikrlar bildirib, Zelenskiyni "diktator" deb atagan edi. Trampning bu gaplari uning Moskva tomonida ekani haqidagi taxminlarni yanada mustahkamlamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo