06:26 / 10.03.2025
1 073

Klaudio Raneri Eldor Shomurodov haqida qanday fikr bildirdi?

Klaudio Raneri Eldor Shomurodov haqida qanday fikr bildirdi?
Klaudio Raneri boshchiligidagi “Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Empoli” bilan bahslashib, kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 72 daqiqa harakat qildi. Bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida jamoa bosh murabbiyi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, aks holda, bunday bahslarda durang qayd etishimiz mumkin. Mavsumning ikkinchi yarmi har doim qiyin kechadi. Shuningdek, bugungi uchrashuvda o‘ynashga chanqoq bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushirdim. Endilikda e’tiborimizni “Atletik Bilbao”ga qarshi uchrashuvga qaratamiz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz.

Butun jamoaning harakati menga yoqdi. Shomurodov – ajoyib yigit, u faoliyati davomida ko‘p gol urmagan bo‘lsa-da, eng muhimi – to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri joyda bo‘lish. Bu esa uning eng kuchli jihatlaridan biri. Bundan tashqari, Eldor shu kungacha muhim gollar urdi va shunday davom etishidan umidvorman", – dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” navbatdagi uchrashuvini 13 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da Ispaniyaning “Atletik Bilbao” klubiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport