02:40 / 10.03.2025
575

"Atalanta" "Yuventus"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

"Atalanta" "Yuventus"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Italiya A Seriyasining 28-turidan o‘rin olgan bahsda "Atalanta" jamoasi safarda "Yuventus"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Turindagi "Yuventus" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar birinchi bo‘limda penaltidan hisobni ochdi.

29-daqiqada Matteo Retegi penaltini aniq amalga oshirib, "Atalanta"ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa "Atalanta" hujumda yanada faol bo‘ldi va 46-daqiqada Marten de Ron, 66-daqiqada Davide Dzappakosta hamda 77-daqiqada Ademola Lukman o‘z nomlariga gol yozdirib qo‘yishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Atalanta" 58 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, "Yuventus" esa 52 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport